Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Sanksiyalar azobini AQSh va alyans davlatlari chekmoqda - NYT

© AP Photo / Patrick SemanskyPrezident Djo Bayden 31-marta 2022 goda v Vashingtone.
Prezident Djo Bayden  31-marta 2022 goda v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna bo‘lish
Bayden Rossiya iqtisodini "tilka-pora" qilganidan so‘ng, Rossiyaning neftdan daromadi maksimal nuqtaga yetgan, rubl esa so‘nggi yilda qayd etgan eng yuqori kursda sotilmoqda.
TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. AQSh boshchiligidagi alyans Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatida umidsizlik va azob-uqubatlarga duch kelmoqda, deb yozadi The New York Times gazetasi sharhlovchilari Maykl Krouli va Edvard Vong.
“Vladimir Putin Ukraina bilan urushda muvaffaqiyatga erishmoqda, AQSh va uning ittifoqchilari esa energiya narxi oshishi bilan kurashmoqda”, deyiladi maqolada.
Gazeta sharhlovchilari quyidagi aniq faktlarni ta’kidlashmoqda:
Bayden mart oyida sanksiyalar “Rossiya iqtisodiyotini tilka-pora qilayotganini va “rubl qulayotganini" aytib maqtangan edi,
️Ammo neft narxi oshgani sayin Rossiya neft daromadlari rekord darajaga yetmoqda,
️Rubl fevral oyida tushganidan so‘ng, dollarga nisbatan so‘nggi 7-yil ichida qayd etilgn eng yuqori qiymatiga yetdi.
Bayden rasmiylarining aytishicha, Rossiya iqtisodiyoti shunga qaramay, vaqt o‘tishi bilan ortib boruvchi zarar ko‘rmoqda.
Ammo qaysi tomonda ko‘proq vaqt borligi aniq emas. Ukraina hukumati har kuni 200 askarini yo‘qotayotganini va Rossiyaning moliyaviy tizimi bir necha hafta davom etgan “ajotajdan”dan keyin normal holatga qaytgan.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0