Dunyoda

Shavkat Mirziyoyev “BRIKS plyus”da nimalarni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOsnovnыe tezisы Shavkata Mirziyoyeva na "BRIKS plyus"
Osnovnыe tezisы Shavkata Mirziyoyeva na BRIKS plyus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Shavkat Mirziyoyev “BRIKS plyus” davlatlari forumida zamonaviy texnologiyalar, transport-logistika, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik qilishni taklif qildi.
TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “BRIKS plyus” davlatlari muloqotida onlayn ishtirok etdi.
Oʻz nutqida prezident bugungi kunda Oʻzbekiston oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari haqida toʻxtalib oʻtdi.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari davlat boshqaruvini takomillashtirish, kambagʻallikni qisqartirish va 2030 yilga borib aholisi oʻrtachadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olish, inklyuziv ijtimoiy taraqqiyotni taʼminlash, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qoʻshnichilik va barqarorlikni mustahkamlash hisoblanadi, - dedi prezident.
Shavkat Mirziyeyov “BRIKS plyus” davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagilarni taklif etdi:
Oʻzbekiston keng koʻlamli xalqaro sheriklikka, shu jumladan, “Janub – Janub” formatidagi hamkorlikka ochiq va bu yoʻlga sodiq;
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli vaziyatda toʻsiqlarni bartaraf etish va yangi ishlab chiqarish va savdo-logistika zanjirini yaratish, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha loyihalarga investitsiyalar jalb etish va infratuzilmalarni modernizatsiya qilish;
texnologiyalar transferi va innovatsiyalarni joriy etish, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish, biotexnologiyalar, jumladan vaktsinalar ishlab chiqarish, sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish;
“BRIKS plyus” ishbilarmon doiralari forumini yoʻlga qoʻyish;
Oʻzbekiston transport-kommunikatsiyalar sohasidagi bogʻliqlikni kuchaytirish hamda “Shimol – Janub” va “Gʻarb – Sharq” transkontinental yoʻnalishlariga mintaqamizni jalb etish tarafdori;
bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror va ochiq harakatini taʼminlash (BMT taklifi);
Iqlim oʻzgarishiga qarshi birgalikda kurashish - bioxilma-xillikni saqlab qolish, suv balansini taʼminlash, “yashil iqtisodiyot” sohasidagi loyihalarni amalga oshirish;
BRIKS va SHHTning oʻzaro amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish;
“BRIKS plyus” - Xitoy tomonining raisligida onlayn shaklda oʻtkaziladigan tadbirda BRIKS guruhi mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozogʻiston rahbarlari ham ishtiro etadi. Jami 18 ta mamlakat delegatsiyalari qatnashishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0