Parlament delegatsiyasi TurkPA majlisida ishtirok etdi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPredsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) XI yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Oliy Majlis Senati haisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi 24-iyun kuni TurkPA XI yalpi majlisida ishtirok etdi.
Shu kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning TurkPA majlisida ishtirok etayotgan parlament delegatsiyalari rahbarlari bilan qisqacha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston rahbari Bishkek turkiy davlatlar bilan aloqalarni chuqurlashtirishga katta ahamiyat berayotganini va TurkPAga asos solgan davlatlardan biri sifatida ushbu parlamentlararo birlashma mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birdamlik namunasi sifatida shakllanishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Xususan, Prezident S.Japarov O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning sa’y-harakatlari va siyosiy irodasi tufayli o‘zaro aloqalar strategik hamkorlik xususiyatiga ega bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Davlat rahbari bilan uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi Talant Mamitov, Ozarbayjon Respublikasi Miliy Majlisi Raisi Sagiba Gafarova, Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Mustafo Shentop, Vengriya parlamenti raisi o‘rinbosari Shandor Lejak va Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalk maslahati raisi o‘rinbosari Qosimguli Babayev ham ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0