Sport

Kuchli zarbalar va nokaut: Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschi ustidan gʻalaba qozondi

Murodjon Axmadaliyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Murodjon Ahmadaliyev AQShning Texas shtatida professional ringdagi 11-jangini oʻtkazdi.
TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston bokschisiga amerikalik Ronni Rios raqib boʻldi.
Bellashuvning dastlabki yarmi toʻliq Ahmadaliyevning ustunligida oʻtdi. 7-raundga kelib, Rios ham faollikni oshirdi.
12-raundda Murodjon ketma-ket zarbalardan keyin raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Ikkinchi nokdaundan keyin hakam jangni toʻxtatib, oʻzbekistonlik bokschining gʻalabasini qayd etdi.
Bu gʻalaba orqali Murodjon ikkinchi yengil vazn toifasidagi oʻziga tegishli WBA va IBF kamarlarini himoya qildi.
Yangiliklar lentasi
0