Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu Ukrainadagi maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan qoʻshinlarni tekshiruvdan oʻtkazdi

© Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishMinistr oboronы RF Sergey Shoygu
Ministr oboronы RF Sergey Shoygu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sergey Shoygu maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan qoʻshinlarni tekshiruvdan oʻtkazib, topshiriqlar berdi.
TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiya qoʻshinlari guruhini tekshiruvdan oʻtkazdi.
“Rossiya qoʻmondonlik punktlarida armiya generali Sergey Shoygu qoʻmondonlarning Rossiya Qurolli kuchlarining asosiy operativ hududlardagi hozirgi holati va harakatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini tingladi”, — deyilgan vazirlik xabarida.
Vazirlikda taʼkidlanganidek, Shoygu harbiy xizmatchilarni vaqtincha joylashtirish punktlarida jangovar harakatlar va yashash sharoitlari masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, Sergey Shoygu “jangovar topshiriqlarni bajarishda qahramonlik va fidoyilik koʻrsatgan” jangchilarga Rossiya Qahramoni “Oltin yulduz” medallari va “Jasorat” ordenlarini topshirdi.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan.
Yangiliklar lentasi
0