Rossiya

Yuriy Shatunov bilan vidolashuv marosimiga 10 mingdan ortiq odam keldi - video

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishProщaniye s Yuriyem Shatunovыm
Proщaniye s  Yuriyem Shatunovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Laskovыy may" guruhining solisti Troyekurovskiy qabristoniga dafn etiladi.
Yakshanba kuni ertalab Moskvadagi Troyekurovskoye qabristoniga xonanda Yuriy Shatunov bilan vidolashuv morasimiga yuzlab odamlar keldi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Qabristonga kirish qismida katta navbat paydo boʻldi. Xabarda aytilishicha, vidolashuv marosimiga 10 mingdan ortiq odam keldi.
Koʻplab muxlislar oq atirgullar guldastalari bilan kelishdi.
23 iyun kuni kechqurun “Laskovыy may” guruhi solisti, 90-yillarda xit boʻlgan qoʻshiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etdi.
Uning oʻlimga yurak xuruji sabab boʻldi. Xonandani shifoxonaga olib ketishayotganda, tez yordam mashinasida joni uzildi.
Yuriy Shatunov 48 yoshda edi. Yoshligidanoq yulduzlik darajasiga erishgan Yuriy Shatunov umrining soʻnggi kuniga qadar musiqa bilan shugʻullangan.
Yuriy Shatunov 1973 yil 6 sentyabr kuni Rossiyada tugʻilgan. 2019 yilda uning “Lyubimыe pesni” albomi chiqqan boʻlsa, 2020 yilda yana uchta jamlanmasi — “Spasibo tebe”, “Ostanovitsya ne mogu” va “Zametayet listya sneg”ni muxlislariga taqdim etgan.
Yangiliklar lentasi
0