Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

BAA Rossiyaga Ukrainadagi asirlarni almashtirishda koʻmak taklif qildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Manba: BAA vakillari Rossiyaga Ukraina bilan asirlar almashish masalasida yordam taklif qildi.
BAA vakillari Rossiyaga Ukraina bilan asirlar almashish masalasida yordam taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayanib xabar bermoqda.
“Birlashgan Arab Amirliklarining yuqori martabali vakillari Ukrainadagi vaziyat tufayli, Rossiya tomoniga asirlikka tushgan shaxslarni almashtirish borasida koʻmak taklif qilgan. BAA vositachiligida berilgan takliflar Ukraina tomoni bilan harbiy asirlar roʻyxatini tuzishda inobatga olinadi”, - deyiladi xabarda.
Inson huquqlari boʻyicha vakil Tatyana Moskalkovaning xabar berishicha, unga ukrain asirlarnining onalaridan koʻplab murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarda onalar farzandlarini qaytarmaslikni iltimos qilishgan, chunki vatanda ular qatagʻonga uchrashi yoki yana frontga joʻnatilishi mumkin.
Avvalroq, Oliy Radaga jazodan ozod qilish va harbiy asirlar almashtirilgan taqdirda ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilishini tugatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi kiritilgan edi.
Rossiya 24 fevraldan buyon Ukrainani denatsifikatsiyalash va demilitarizatsiyalash maqsadida mahsus harbiy operatsiya oʻtkazmoqda. Undan koʻzlangan maqsad Vladimir Putin taʼkidlaganidek, “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan genotsid va haqoratga uchragan odamlarni himoya qilish”.
Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, Rossiya armiyasi mart oyi soʻngida birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajargan, yaʼni Ukrainaning harbiy salohiyatini sezilarli darajada kamaytirgan. Unda Donbassni ozod etish asosiy maqsad etib belgalingan.
Yangiliklar lentasi
0