Sport

Badiiy gimnastika boʻyicha OCH: Oʻzbekistonda 6 ta oltin va 3 ta kumush

© Milliy olimpiya qoʻmitasiBadiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionati: 6 ta oltin va 3 ta kumush
Badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionati: 6 ta oltin va 3 ta kumush - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonlik badiiy gimnastikachilar Osiyo chempionatini 17 ta medal bilan yakunlashdi.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tailandning Pattayya shahri mezbonlik qilgan qitʼa birinchiligining soʻnggi kunida 17 ta medalni qoʻlga kiritdi.
Taxmina Ikromova halqa, toʻp va bulava mashqlarida tengsiz, deb topildi. Shuningdek, Sabina Tashkenbayevaning toʻp bilan amalga oshirgan dasturi kumush medalga loyiq koʻrildi.
Guruh mashqida 3 tasma va 2 toʻp bilan oʻz dasturini ijro qilgan qizlar ham qitʼa vakilalari orasida eng yuqori koʻrsatkichni qayd etishdi.
Jamoa hisobiga yana 2 ta oltin medalni yoshlar toifasida Evelina Atalyantsning bulava, Vilana Savadyanning esa tasma bilan chiqishi keltirdi. Guruh mashqida 5 toʻp bilan oʻz chiqishlarini namoyish etgan qizlar esa shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilishdi.
Shu tariqa, terma jamoaning mazkur qitʼa birinchiligida jamgʻargan medallari 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0