Jamiyat

Bugun Oʻzbekistonda havo harorati +45 darajagacha koʻtariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroyka v odnoy iz vыsotok Tashken-siti priostanovlena iz-za palyaщego solntsa
Stroyka v odnoy iz vыsotok Tashken-siti priostanovlena iz-za palyaщego solntsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kuning isishiga qaramay, togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi, shimolda baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Bu haqda "Oʻzgidromet" xabar berdi.
"Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi davom etadi", deyiladi xabarda.
Aytilishicha, bugun shimol, janub va choʻl zonalarida havo harorati +45 darajagacha, Toshkentda esa havo harorati +41 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat + 27-32 daraja boʻladi.
27-29 iyun kunlari Oʻzbekiston hududida issiq havo harorati saqlanib, maksimal havo harorati:
27-28 iyunda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida +42-44 darajagacha;
27-29 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +43-45 darajagacha;
27-29 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida +40-42 darajagacha;
27-29 iyunda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlari kuzatilishi kutilmoqda;.
27 iyunda togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Toshkentda eng issiq harorat 1997 yil 18 iyulda roʻyxatga olingan. Oʻshanda termometr ustunchasi poytaxtda +44,6 daraja issiqni qayt etgan. Nukusda esa eng yuqori havo harorati 2002 yil avgust oyida kuzatilgan (+46.8°S).
Yangiliklar lentasi
0