Jamiyat

Endi “Afrosiyob” “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yoʻnalishida ham qatnaydi

© Unsplash / Abdul RaazSkorostnoy poyezd "Afrosiab"
Skorostnoy poyezd Afrosiab - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi poyez qatnovi tufayli “Toshkent-Samarqand” va “Toshkent-Buxoro” harakat jadvali oʻzgardi.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. 8 iyuldan boshlab, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yoʻnalishida 780/779-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
“Afrosiyob” elektropoyezlarining harakat jadvali:
780 sonli elektropoyezd har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent Markaziy vokzalidan;
779 sonli elektropoyezd esa Qarshi vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oshiradi.
Shu sanadan boshlab, bugungi kunda “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida harakatlayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlarining harakat jadvaliga ham oʻzgartirish kiritiladi.
“Toshkent-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanadigan 764-sonli elektropoyezd har kuni soat 08:30 da Toshkent Markaziy vokzalidan,
“Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 763-sonli elektropoyezd soat 16:15 da Samarqand vokzalidan,
“Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida harakatlanadigan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa soat 08:56 da Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
10 iyuldan boshlab xaftaning xar yakshanba kuni “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 768/767-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi toʻxtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0