Endi barcha bemorlarga insulin yetkaziladimi?

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishInsulin
Insulin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “GEROFARM” va O‘zbekistonning “ZUMA PHARMA” kompaniyalari o‘rtasida mamlakatimizda analog va inson insulinini ishlab chiqarish texnologiyasini joriy qilish to‘g‘risidagi yangi Bitim imzolandi.
Mazkur bitimning imzolanishi Sankt Peterburgda o‘tkazilgan "XXV xalqaro iqtisodiyot forumi” doirasida bo‘lib o‘tdi, deya ta’kidladi “ZUMA PHARMA” kompaniyasi direktori Mansur Ahmedov.
“Rossiya kompaniyasi insulin analoglari — glargin, lispro va ikki fazali lisproning biosimilyar preparatlarini shpris va kartridj shaklida ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zbekistonlik hamkorlarga yetkazadi. Bitimda qisqa va o‘rta ta’sirli inson insulinlari hamda ikki fazali kombinatsiyalangan preparatni mahalliylashtirish rejasi ham mavjud”, - deydi direktor.
O‘zbekistonda avval insulin ishlab chiqarilmagan, Rossiyaning “GEROFARM” kompaniyasi hamda “ZUMA PHARMA” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan birinchi loyiha mamlakatda insulin ishlab chiqarishdagi ilk qadam bo‘ladi.

Import hajmi

Shu maqsadda 2023-yil davomida O‘zbekistonning “ZUMA PHARMA” kompaniyasida ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash ishlari amalga oshiriladi va texnologiyalarni o‘rnatish transferi yo‘lga qo‘yiladi.
Hozirgi kunda insulin dori vositasini tayyorlash uchun O‘zbekistonda xomashyo ishlab chiqarilmaydi. Lekin kelgusida mazkur dori vositasini ishlab chiqarish jarayonini to‘liq joriy qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston dorixonalarida sotilayotgan, ijtimoy soha obyektlarida qo‘llanilayotgan dori vositalarining 80% qismi xorij davlatlaridan import kilinadi, bu esa o‘z navbatida dorilarning narxiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
“Farmatsevtika sohasidagi xalqaro bitimlar yurtimizdagi aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga, import xajmini kamaytirishga, farmatsevtika sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi”, - deydi Ahmedov.

Sifatli dori vositasi

GEROFARM kompaniyasi - Rossiyadagi eng yirik insulin ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri sanaladi va mamlakatning aksariyat hududlarini insulin dori vositasi bilan ta’minlab beradi. U o‘zining xususiy laboratoriyasiga va ilmiy ishlab chikarish institutiga ega bo‘lib, insulin dori vositasini tayyorlashda qo‘llaniladigan barcha xomasholarni xam o‘zi ishlab chiqaradi.
“Mazkur qo‘shma loyiha kompaniyamiz faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Endilikda biz yurtimizda ilk insulin ishlab chiqaruvchilar qatoriga kirib, qandli diabet bilan kasallangan yurtimiz aholisini sifatli dori vositasi bilan ta’minlashga erishamiz” – deydi Ahmedov.
Shu bilan birga, GEROFARM kompaniyasi bilan hamkorlikda yurtimizdagi endokrinologiya institutlari bilan hamkorlikda qo‘shma o‘quv seminarlarini o‘tkazish, hamda farmatsevtlarni malakasini oshirish rejalashtirilgan.

Statistik ma’lumotlar

“Kompaniyada ishlab chiqariladigan insulin dori vositalarini kasalxonalar, tibbiyot muassasalari, davlat grantlari xamda “Dori darmon” AK orqali yurtimizdagi barcha bemorlarga yetkazib berish rejalashtirilgan”, - deydi Mansur Ahmedov.
Qo‘shma hamkorlikda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan insulin dori vositasi O‘zbekistonda qandli diabet bilan kasallangan bemorlarning doriga bo‘lgan ehtiyojini 70-80 % ga qoplay oladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikada taxminan 277 ming inson qandli diabet bilan kasallangan. Ularni 90% ga yaqini insulin dori vositasini qabul qiladi.
Yangiliklar lentasi
0