Jamiyat

Franshizing shartnomasi onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi-hukumat qarori

© Unsplash / Tyler Franta Rabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish DXM yoki YAIDXP orqali amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Endilikda franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi.
Hukumatning 346-sonli qarori bilan franshizing shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi.
Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning uchdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Quyidagi hollarda yigʻim toʻlanmaydi:
sud hujjati asosida franshizing shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazishda;
roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlar qaytadan koʻrib chiqilganda.
Roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchi 3 oyda kamchiliklarni bartaraf qilib yigʻim toʻlamasdan, qayta murojaat qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0