Hafta davomida anomal issiq kuzatiladi – O‘zgidromet

© press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiV sentre Yazyavanskogo rayona Fergani vozvedena 15-metrovaya chasovaya bashnya
V sentre Yazyavanskogo rayona Fergani vozvedena 15-metrovaya chasovaya bashnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna bo‘lish
Kechalari 23-26 daraja issiq, kunduz kunlari 39-42 daraja issiq, respublika janubida va cho‘l hududlarida 43-45 daraja issiq bo‘ladi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Dam olish kunlari mamlakat hududiga Erondan juda issiq havo kirib kelishi boshlandi, kunduzi termometr ustuni 38-41 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 daraja issiqqacha ko‘tarildi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, ushbu haftada iqlimiy qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘lgan havo harorati bilan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi.
Kechalari 23-26 daraja issiq, kunduz kunlari 39-42 daraja issiq, respublika janubida va cho‘l hududlarida 43-45 daraja issiq bo‘ladi.
Faqat juma kuni issiq harorat biroz pasayadi. Respublika hududi katta qismida harorat 37-40 daraja issiq atrofida bo‘ladi, janubiy hududlarda 43-45 daraja issiq atrofida bo‘lgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.
Respublika ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Bugun ayrim tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0