Jamiyat

Namanganda quduqqa tushib ketgan 3 yashar bola qutqarib qolindi

© Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatiNamanganda 3 yashar bola quduqqa tushib ketdi
Namanganda 3 yashar bola quduqqa tushib ketdi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoʻni-qoʻshnilar yordami bilan bola quduqdan chiqarib olingan.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Namangan viloyati Pop tumanida uch yoshli bola qopqogʻi ochiq boʻlgan quduqqa tushib ketdi. Hozirda bola sogʻ-salomat. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 22 iyun kuni soat 18:00 atrofida Ozod mahallasi Navroʻz koʻchasidagi koʻp qavatli uyda yashovchi, 2019 yilda tugʻilgan I.M. koʻchada oʻynab yurgan paytda ehtiyotsizligi tufayli qopqogʻi ochiq turgan quduqqa tushib ketgan.
© Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatiNamanganda 3 yashar bola quduqqa tushib ketdi
Namanganda 3 yashar bola quduqqa tushib ketdi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Namanganda 3 yashar bola quduqqa tushib ketdi
Qoʻni-qoʻshnilar yordami bilan bola quduqdan chiqarib olingan. Holat boʻyicha tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimiga hech qanday maʼlumot kelib tushmagan.
Hozirda bola sogʻ-salomat. Pop tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlarga quduq qopqoqlarini ochiq qoldirmaslikdan ogohlantirgan.
Yangiliklar lentasi
0