Iqtisod

Oʻzbekiston savdo aylanmasining yuqori hajmi Rossiya bilan qayd etildi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBirja
Birja - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Respublika tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi MDH davlatlariga toʻgʻri kelmoqda.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya bilan qayd etildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlum qildi.
Aytilishicha, respublika tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi (33,6%) MDH davlatlariga toʻgʻri keladi.
Yanvar-may oylarida MDH davlatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,7%ga kamaydi.
Boshqa xorijiy davlatlar ulushi esa mos ravishda 2,7%ga oshib, 66,4%ga yetdi.
MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi yanvar-aprel holatiga koʻra 27,3%ga oʻsdi va 6,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
Eksport – 32,4%ga oʻsdi-1 2,4 mlrd dollar
Import– 24,7%ga oʻsdi- 4,5 mlrd dollar
MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (47,0%), Qozogʻiston (25,4%) hamda Qirgʻiz Respublikasi (6,3%) davlatlari bilan qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar-may oylarida 20,5 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Qirgʻiziston hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0