Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni oshdi

© Sputnik / Aleksandr KryajevTest na koronavirus
Test na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Eng koʻp kasallik Toshkent shahri (47 nafar) va Fargʻonada (21 nafar) aniqlandi.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda soʻnggi bir sutkada yana 133 nafar kishi koronavirusga chalindi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
26 iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 240478 (+133) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
13 nafari Samarqand viloyatida,
4 nafari Sirdaryo viloyatida,
21 nafari Fargʻona viloyatida,
5 nafari Xorazm viloyatida,
8 nafari Toshkent viloyatida,
47 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Surxondaryo viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida 7 nafar, Toshkentda esa 11 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 237903 (+21) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0