Oʻzbekistonlik taekvondochi yigitlar tarixiy natija qayd etdi
© Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatitaekvondo

© Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Oʻzbekiston terma jamoasi taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionatida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini voʻlga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
© Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmatiShuhrat Salayev

Shuhrat Salayev
© Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bugun, 27 iyun kuni Koreyada taekvondo WT boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetgan. Musobaqaning soʻnggi kunida -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan oʻzbekistonlik Shuhrat Salayev qitʼa chempionligini qoʻlga kiritgan.
“Taekvondochimiz finalda Tokio-2020 kumush medal sohibi iordaniyalik Solih El Sharabati bilan toʻqnash keldi. Birinchi raundda Salayevning, ikkinchi boʻlimda raqibning gʻalabasi qayd etildi. Hal qiluvchi raundda Salayev 0:5 hisobida ortda borayotganiga qaramasdan kuchli xarakter koʻrsatib, 8:7 hisobida bellashuv taqdirini oʻz foydasiga hal qila oldi. Ayniqsa, soʻnggi 2 soniyada 2 ochkolik zarba bilan gʻalabani “ilib” ketgani butun musobaqaning eng dramatik lahzasi boʻldi, deyish mumkin”, deyiladi xabarda.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur qitʼa birinchiligini 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlagan. Ahamiyatli tomoni, erkaklar terma jamoasi 4 ta oltin medal bilan musobaqa mezbonlarini ortda qoldirib, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallagan.
Qayd etish joiz, terma jamoa qitʼa birinchiliklarida shu paytgacha 4 ta oltin medal qoʻlga kiritmagan edi.