Dunyoda

Toʻtiqushning taqlidi jinoyatni ochishga yordam berdi

© VikipediyaToʻtiqushning taqlidi jinoyatni ochishga yordam berdi
Toʻtiqushning taqlidi jinoyatni ochishga yordam berdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bad isimli toʻtiqushning xoʻjayini otib oʻldirildi. Yagona guvoh qush politsiyaga jinoyatchini topishga yordam berdi.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. AQShda toʻtiqush oʻz xoʻjayinining qotilini topishga yordam berdi.
Aytilishicha, 2015 yil 13 may kuni Michigan politsiyasi Dyurandlar xonadoniga kelib, er-xotinlarni qonga belangan holatda aniqladi.
46 yoshli Martin Durand quroldan beshta oʻq yegan, uning rafiqasi Glenna esa boshidan jarohat olib, mujiza tufayli omon qoldi. U kasalxonaga yotqizildi va u yerda salomatligini toʻliq tikladi.
Jinoyatga guvohlar yoʻqligi, ustiga-ustak qoʻshnilar ham hech narsa eshitishmagani tufayli, politsiya qotilni qidirishni boshlashga qaror qildi.
Qotillik sodir etilgan kuni er-xotin bilan xonada Martinning Bad ismli Afrika kulrang toʻtiqushi ham boʻlgan. Qush Martinning sobiq xotini Kristina Keller bilan yashashga yuborilganidan soʻng, gapirishni boshlagan.
Kristina qush sobiq erining ohangida gaplasha boshlaganini eshitganida dahshatga tushdi.

U "Otmang!" soʻzini tez-tez takrorlagan va huddi oʻldirilgan xoʻjayini kabi urishib ketgan.

Bir kuni esa, ikki xil odamni taqlid qilib, Martin va Glenna oʻrtasidagi jinoyat kunida sodir boʻlgan janjalni takrorladi.
Sudda toʻtiqushning "guvohligidan" foydalanishmadi, ammo ular politsiyachilarni Martinning oʻlimida uning turmush oʻrtogʻi aybdor ekanligiga ishontirishdi.
Keyinchalik Glennaning oʻyinga berilib ketgani, buning oqibatida oilaviy byudjetdan koʻp pul yoʻqotilgani aniqlandi. Aytilishicha, bu holat ular yashab turgan xonadonni qarzdorlik uchun hibsga olinishiga olib kelgan.
Hisob-kitoblarni Glenna amalga oshirgani uchun Martin bu haqda hech narsa bilmagan.
Ayol uzoq vaqt davomida antidepressant vositalarini qabul qilib yurgan. Turmush oʻrtogʻini oʻldirishdan bir necha kun oldin esa ularni ichishni toʻxtatgan.
Fojeadan ikki yil oʻtgachgina, Glenna Dyuram birinchi darajali qotillikda aybdor deb topildi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Jinoyatchining asosiy guvohi esa Kristina Keller bilan qoldi.
Qoʻngʻir rang toʻtiqush ongli tarzda dialog olib borish jihati bilan ajralib turadi. Ularni “qushlar dunyosidagi Eynshteyn” deb ham atashadi.
Yangiliklar lentasi
0