Jamiyat

Aholi yana tibbiy niqob taqishga majbur boʻladimi? SSV javobi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishPassajirы na platforme Kurskogo vokzala v Moskve
Passajirы na platforme Kurskogo vokzala v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Koronavirusga chalinayotgan soni oshayotgani sababli aholi yana niqob taqishga majbur boʻladimi? Ushbu savol bilan Sputnik muxbiri mutaxassisga murojaat qildi.
TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda koronavirusning yana tarqalayotgani haqida turli mazmundagi xabarlar paydo boʻlmoqda. Sputnik muxbiri mazkur holat yuzasidan Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi Rustam Ikromov bilan suhbatlashdi.
Mutaxassis aytishiga koʻra koronavirusga chalinayotganlar soni oshmoqda, lekin hozircha niqob taqish brasida hech kim tavsi\ bergani y
“Statistik maʼlumotlarga koʻra, haqiqatan kunlik kasallanayotganlar soni koʻpayib boryapti. Koronavirus pandemiyasiga qarshi choralarni davom ettirish va mutatsiyaga uchragan koronavirus infektsiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida, koʻplab chora-tadbirlar olib borilmoqda”, - deydi Ikromov.
- Ushbu vaziyatda aholi yana tibbiy niqob taqib yurishga majbur boʻladimi?
"Hozircha jamoat joylarida tibbiy niqob taqib yurish boʻyicha Respublika maxsus komissiyaning qarori kelmadi, biroq sogʻliqni saqlash va ehtiyotkorlik yuzasidan tibbiy niqoblarni taqib yurishni maslahat beramiz", - deydi Rustam Ikromov.
Mutaxassis aytishiga koʻra, ayni damda koronavirusning omikron shtammi koʻproq uchramoqda. Kasallikka chalinayotganlar orasida 90% - emlanmagan fuqarolar. Qolgani 10% - esa vaktsina olganiga 1 yildan koʻp boʻlgan, immuniteti past fuqarolar yoki homilador ayollar va bolalardir.
“Shuni maʼlum qilamizki, xozirga qadar roʻyxatga olingan barcha vaktsinalar oʻz samarasini koʻrsatmoqda va shu munosabat bilan mamlakatimizda aynan shu vaktsinalardan foydalanish davom ettiriladi”, - deydi Ikromov.
Maʼlumot uchun, Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qilishicha, 2022 yil 27 iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 240569 (+91) nafarni tashkil etgan. Mamlakatimiz hududlari boʻylab 181 055 doza COVID-19ga qarshi vaktsina qoʻllanildi. Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 96 foizga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0