Farg‘ona va Kurgan viloyatlari o‘rtasida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi

© Farg‘ona viloyati hokimligiFarg‘ona va Kurgan viloyatlari o‘rtasida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi
Farg‘ona va Kurgan viloyatlari o‘rtasida  “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakatning savdo-sanoat sohasidagi kelishuvlari amaliy bosqichiga o‘tmoqda. Farg‘ona va Kurgan viloyatlari o‘rtasida hamkorlikning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Farg‘ona viloyati hokimligiga Kurgan viloyati gubernatorining iqtisodiy siyosat bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Arxipov boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati delegatsiyasining o‘tgan yil noyabr oyida Kurgan viloyatiga tashrifi doirasida ko‘rilgan masalalar, kelishuvlarni amaliy bosqichiga o‘tish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Farg‘onaning meva-sabzavotlariga Rossiyada talab va ehtiyoj bor. Shundan kelib chiqib, delegatsiya a’zolari viloyatdagi ishlab chiqarish markazlariga tashrif buyurib Farg‘ona va Kurgan viloyatlari o‘rtasida hamkorlikning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.Farg‘ona va Kurgan viloyatlari o‘rtasida hamkorlikning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.
Aytilishicha, delegatsiya tashrifi doirasida ikki viloyat savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi ham ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0