Kolumnistlar

Katta "Yettilik" Putinni boykot qilishga qoʻrqib qoldi

© AP Photo / Susan WalshLiderы G7 na sammite v 2022 godu
Liderы G7 na sammite v 2022 godu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Katta "Yettilik" va NATO sammitining asosiy muhokama mavzusi - Putin noyabrda boradigan G20 sammitiga borish, bormaslik yoki boshqa qanday yoʻl tutish boʻldi.
Gʻarbiy olam yetakchilari ishtirok etayotgan sammitlar davom etadi Bavariyadan “Katta yettilik” Madridga - NATO sammitiga koʻchmoqda.
Bundan tashqari, birinchi marotaba unda toʻliq tarkibda: hattoki ular bilan birgalikda Atlantika paktiga aʼzo boʻlmagan Yaponiyaning bosh vaziri ham qatnashmoqda. Kisida sammitda mehmon sifatida ishtirok etadi. Biroq, Ispaniya poytaxtida NATOning doktrina hujjatlarida Xitoy tahdidi haqida birinchi marotaba soʻz ketar ekan, Tinch okeanidan tashrif buyurgan mehmon unda oʻzini teng huquqli sherik sifatida ham his qilishi mumkin. Ikki uchrashuvda ham asosiy eʼtibor Rossiya va Putinga - yaʼni ularning “Gʻarbga qilayotgan tahdidi”ga javob berishga qaratilgan.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans tezkor harakat kuchlarining 40 ming kishidan 300 ming kishiga oshirish, jumladan, Sharqiy Yevropa, xususan, Boltiqboʻyida qoʻshinlar toʻplash toʻgʻrisida qaror qabul qilganini allaqachon eʼlon qilgan edi. Anlantikachilar Rossiya bilan Ukrainada urushmoqchimi yoki oʻz hududlarida hammi?
Yoʻq, ular “shunchaki koʻrsatishyapti” yaʼni oʻz qudratini namoyish etishyapti. Boz ustiga bu uchun barcha qulay vaziyatlardan foydalanishmoqda-xuddi “Yettilik”ning Elmardagi uchrashuvi boshida Boris Jonson “Putindan kuchliroq ekanlilarini” koʻrsatib qoʻyish uchun pidjaklarni yechib oʻtirishni taklif qilgan, Tryudo esa ustki kiyimsiz otda sayr qilishni koʻrsatishni aytib hazil qildi. Oʻzaro mayda hazil uchun mavzu boʻlgan - Putinning ustki kiyimsiz ot choptirib tushgan suratlari - Rossiyada emas, aynan Gʻarbda negativ qabul qilinadi. Bu mustaqil boʻlmagan gʻarbiy siyosiy menedjerlarning erkin inson oldida his qilgan oʻzidan koniqmaslik kompleksimi?
Umuman olganda, Elmardagi barcha sammitlar “mushaklarni koʻz-koʻz” qilish namoyishlariga xos tarzda boshlandi. Buni Bayden va Sholtsning Gʻarbning birlashganidan naqadar xursand ekanligini eʼtirof etishidan boshlangan edi. Axir Putin Ukrainadagi maxsus operatsiya “Yettilik” va NATOga zarar keltirishini aytgan ediku. Kelib chiqyaptiki, yevropaliklarning cheklangan suvereniteti haqida uzoq yillardan buyon gapirib kelayotgan prezident shunday sodda umidlar bagʻishlaganmi? Hech nimadan axir bir-birini ahillik uchun maqtab qoʻymasa ham boʻlmaydida.
Ammo bu birlik bilan endi nima qilish kerakligi, maʼlum emas: NATOning Yevropadagi kontingentini kengaytirishmi, Kiyevga yana biroz pul, qurol berishmi? Yoki Yevrokengash raisi Sharl Mishel yozganidek, “Kreml Ukrainada magʻlub boʻlishi kerak” degan soʻzga ishonishmi? Biroq, Kreml oʻz xalqidan boshqa hech kimdan hech narsa qarzdor emas va G7 “qudratli ahilligi” ukrain xalqi bilan birdamlik belgisi . Pul, qurol va siyosiy qoʻllab-quvvatlov. Xuddi oʻsha Mishel yozganidek, hamma Zelenskiy va Ukraina uchun safarbar etilgan boʻlsa, Putin va Rossiyani ham hech kim Ukraina yoʻnalishida koʻzlagan maqsadlaridan qaytara olmaydi. Gʻarb keyinroq ham oʻzini bunga yoʻl qoʻymaslikka qodirdek tutishi, Rossiyaning “qochib-qutula olmaydigan” magʻlubiyati haqida gapirishi mumkin. Biroq, keyin oʻz magʻlubiyatini tan olish shu qadar qiyin boʻladi.
Bu esa -ertami yoki kech albatta sodir boʻladi. Bundan tashqari oʻzlari Gitler deb eʼlon qilgan Putin bilan ham qandaydir qilib muloqotga kirishishga toʻgʻri keladi. Va oʻz fuqarolariga “harbiy jinoyatchi” bilan muloqot qilish imkoniyati qanday qilib toʻsatdan paydo boʻlganini izohlab berish ham. Putinga nisbatan anglo-saksonlar oʻzlarini koʻproq mulozamatsiz tutimshoqda (polyaklar va boltiqliklarni hisobga olmaymiz, shundoq ham ularda “Putinni uchratish” xavfi yoʻq), AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada Rossiya magʻlubiyatiga asosiy stavkani qoʻyishgan. Bu hatto NATO nazarlariga ham sigʻmaydi. Bu paytda esa iks vaqti faqat Ukraina frontiga kelayotgani yoʻq. G20 sammitiga - uch yil deganda dunyo liderlarining yuzma-yuz uchrashuviga ham besh oydan kam vaqt qoldi.
Ular noyabr oyi oʻrtalarida Balida yigʻilishadi. Va bunda hech qanday koronavirus yigirma mamlakatning barcha liderlarining uchrashuvda ishtirok etolmasligiga sabab boʻlolmaydi.
Bahor boshida Vashington va London Indoneziya Prezidenti Vidododan Rossiya prezidentini taklif qilmaslikni soʻrashga urinib koʻrishdi. Natijada: hech kim “Yigirmatalik”dan chiqmasligi kerak degan javob oldi. Toʻgʻri, Indoneziya Zelenskiyni taklif qilishga rozi boʻldi - sammitning ikkinchi kuni - mamlakat yetakchilari-forum mehmonlarining uchrashuvi boʻladi. Bu vaqtga kelib Zelenskiy prezident boʻlib qoladimi, Ukrainadan nima qoladi- bu katta savol. Putinku keladikuya ammo anglo-saksonlar bu holatda nima qiladi? Bayden, Jonson, Tryudo, Avstraliyaning yangi bosh vaziri Albanezelar? Oʻz noroziligini koʻrsatish uchun kelmaslikmi? Yoʻq, ish bermaydi. Hatto “Yettilik”dagi oʻz hamkorlarini Putinni taklif qilmaslikka koʻndira olishmaganida ham shunday boʻlgan edi.
Bu bahorda, “Katta yigirmatalik” tadbirlaridan birida, moliya vazirlari yigʻilishida, Rossiya vaziri Siluanovning nutqi paytida zalni faqat AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Frantsiya vakillari tark etganida aniq boʻldi. Oxirgisi aniq oʻz tashabbusi bilan chiqqan, chunki prezident Makron doim “Rossiya bilan muloqot qilish” zarurligini eslatib turadi. Endi esa “Yigirmatalik”da Rossiyani boykot qilish atrofidagi oʻyinlar butunlay yakunlandi – “Yettitalik” sammitidan soʻng barcha Gʻarb davlatlari oxirgi qarorga keldi: Baliga borish kerak.
Avvalroq, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen G20 sammitini boykot qilishga Vladimir Putinning ishtirok etishi sababiga qarshi ekanligini aytdi:
“Biz butun G20ni falaj qilib qoʻymayapmizmi? buni juda ehtiyotkorlik bilan oʻylab koʻrishimiz kerak. Shuning uchun men qoʻllab-quvvatlamayman. Menimcha, G20 rivojlanayotgan mamlakatlar uchun juda ahamiyatli, biz Putinga bu tashkilotni yana yoʻq qilishga ruxsat berishimiz kerakmi”.
Hammasi odatdagidek: sanktsiyalarni Gʻarb qoʻllaydi, ammo narxlar oshishida Putin aybdor, “Yigirmatalik”ka gʻarbiy mamlakatlar kelishni istamayotgan edi, biroq Putin buni ham chippakka chiqardi. Yechim bor- “Putinning oʻzi va harakatlari haqida nimani oʻylayotgan boʻlsak, uning yuziga aytish uchun ham borish”:
“Aniq ravshanki, har doimgidek, hech qanday biznes yoʻq yaʼni normallik boʻlmaydi”.
Gʻarb oʻz qoʻllari bilan nafaqat Rossiya bilan aloqalarini, balki oʻz iqtisodiyotin halok qilayotganda qanday normallik boʻlishi mumkin? Noyabr oʻrtasiga kelib energtashuvchilar uchun narx oshishi oqibatlari yanada seziladi va albatta bu Putinga yangi sanktsiyalar, masalan gazni toʻliq yetkazib bermaslik (uni oʻzlari rad etishgan edi) bilan tahdid qilishning ayti payti boʻladi.
Oʻz vatandoshini kantsler Olaf Sholts qoʻllab-quvavatladi. Uning aytishicha: “G20 oʻz rolini oʻynashda davom etishi kerak. Bunga hamma qoʻshiladi. Va aynan shuning uchun fon der Lyayen bildirib oʻtganidek, bir umumiy ishonch borki, biz G20 ni torpedo qilishni istamaymiz”. Aftidan, “Yettilik”da Baliga borishni kollektiv hal qilishgan, garchi u yerda oʻzini qanday tutish kerakligi aniq boʻlmasa ham, jumladan Sholts ham bilmaydi. Undan Putin bilan bitta stolga oʻtirishini soʻrashganda (yaʼni “Yigirmatalik”ning umumiy yigʻilishi nazarda tutilyapti), kantsler aniq javob bermadi:
“Biz ketishga oz kam qolganda qaror qilamiz, chunki u vaqtga kelib dunyodagi vaziyat juda oʻzgarishi mumkin”.
Shubha yoʻqki, dunyodagi vaziyat yaqin oylarda chindan ham oʻzgaradi, ammo u yil boshida qanday boʻlgan boʻlsa, shunday boʻlmaydi. Faqat bir narsa oʻzgarmaydiki, shu ham Rossiyaning manfaatlari, va uni Vladimir Putin himoya qilmoqda. Balida anglo-saksonlar istagandek “tarix sudida sudlanuvchi” sifatida emas, balki balki yakkalash va magʻlub boʻlish imkonsiz boʻlgan derjavaning lideri sifatida manfaatlarini bildiradi. Va uning yuziga “nimalarni his qilayotganini aytishni istaganlar” Gʻarb yoqmaydigan javobni eshitishga tayyor turishlari kerak.
“Putindan kuchliroq” boʻlishga ham urinish kerak emas- baribir oʻxshamaydi.
Yangiliklar lentasi
0