Sport

Koreyada Oʻzbekiston jamoasining ikki aʼzosi alohida eʼtirof etildi

© Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatitaekvondo
taekvondo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal qoʻlga kirib, tarixiy rekord va jamoalar orasida birinchilikni qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari eng yaxshi sportchi va murabbiy nomiga sazovor boʻlishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
© Milliy olimpiya qoʻmitasiOsiyo chempionatida Jasur Jaysunov va Pavel Xan alohida eʼtirof etildi
Osiyo chempionatida Jasur Jaysunov va Pavel Xan alohida eʼtirof etildi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Osiyo chempionatida Jasur Jaysunov va Pavel Xan alohida eʼtirof etildi
24-27 iyun kunlari Koreya Respublikasi taekvondo WT boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionligiga mezbonlik qildi. Musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal qoʻlga kiritdi.
Mazkur turnir bir qator yangi nomlarni kashf qilib berdi. Ular orasida Jasur Jaysunovning ishtiroki mutaxassislar tomonidan alohida eʼtirof etildi.
“-74 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan Jaysunov musobaqaning “Eng yaxshi erkak sportchisi” deb topildi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, oʻz tarixida ilk bor Osiyo birinchiligida 4 ta oltin medal jamgʻargan erkaklar jamoasining ustozi Pavel Xan “Eng yaxshi murabbiy” sifatida tan olindi.
Yangiliklar lentasi
0