Medvedev qanday vaziyatda 3-jahon urushi boshlanishi mumkinligini aytdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedanie mejvedomstvennoy komissii Sovbeza RF
Zampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedanie mejvedomstvennoy komissii Sovbeza RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
Medvedev: Ukrainaning NATOga kirishi uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Qrimni egallashga bo‘lgan har qanday urinish Rossiya tomonidan urush e’lon qilingan deb baholanadi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “Argumenti i fakti” gazetasiga bergan intervyusida.
"Biz uchun Qrim Rossiyaning bir qismidir. Va bu abadiy. Qrimga bostirib kirishga har qanday urinish mamlakatimizga qarshi urush e’lon qilishdir. Va agar buni NATOga a’zo bo‘lgan davlat qilsa, bu butun Shimoliy Atlantika alyansi bilan ziddiyat deganidir. Uchinchi jahon urushi. To‘liq falokat", deya ta’kidladi u.
Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadan farqli o‘laroq Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishi Rossiyaga yangi tahdid tug‘dirmaydi.

“Bu davlatlar avvallari Rossiya bilan juda hurmatli va o‘zaro xayrixoh deyish mumkin bo‘lgan munosabatlarga ega edi. Hududiy nizolar va hatto ularga sabab ham yo‘q. Agar ular Ittifoqqa qo‘shilish orqali o‘zlarini yaxshi va xotirjam his qilsalar, omad tilaymiz. NATO Shvetsiya va Finlyandiyasiz ham bizning mamlakatimizga yaqin”, deya qo‘shimcha qildi u.

Medvedevga ko‘ra, NATOdagi Ukraina Rossiya uchun ancha xavfli. Bunga hududiy nizolarning hal etilmagani, shuningdek, hududlar maqomini boshqacha tushunish sabab bo‘lgan.
“Ukraina xalqiga nisbatan chuqur hurmatni his qilmaslik mumkin emas. Rossiya fuqarolari ular bilan eng yaqin aloqalar — qarindoshlik, tarixiy, madaniy aloqalar bilan bog‘langan. So‘nggi yillarda ukrainaliklar qiyin kunlarni boshdan kechirishmoqda. Ukraina xalqi bu sinovlarni yengib o‘tadi. Ular o‘zi uchun yaxshiroq kelajak, kuchli rahbarlar, adolatli qonunlar va muvaffaqiyatli iqtisodiy modelni tanlaydi. Va men bu modelning Yevropa Ittifoqi bilan bog‘lanishiga umuman ishonmayman. Bundan tashqari, yana bir bor aytaman, “nomzod” maqomiga qaramay, Ukrainaning u yerga qo‘shilish imkoniyati xayoliydir”, dedi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Yangiliklar lentasi
0