Jamiyat

Nogironligi boʻlgan abituriyentlar uchun yangi imkoniyat taqdim etildi

© SputnikAbituriyent podayet dokumentы v NIYAU "MIFI"
Abituriyent podayet dokumentы v NIYAU MIFI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Nogironlik boʻyicha imtiyoz maʼlumotlarini kiritish jarayonlari DTM saytida amalga oshiriladi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Davlat test markazining my.dtm.uz saytida nogironlik boʻyicha imtiyoz maʼlumotlarini kiritish imkoniyati yaratildi.
Aytilishicha, nogironligi boʻlgan abituriyentlarning nogironlik boʻyicha maʼlumotlari Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasining bazasi – “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida olinmoqda.
“Ayrim abituriyentlarning maʼlumotlari dasturdan real vaqt rejimida kelmayotgani sababli imtiyoz maʼlumotlarini kiritish jarayonlari DTM saytida amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Agar abituriyentning nogironlik boʻyicha maʼlumotlari “Mening imtiyozlarim” boʻlimida chiqmasa, hujjatlar “Nogironlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma” boʻlimiga kiritiladi.
Koʻzi ojiz abituriyentlarning maʼlumotlari kiritilganda “Koʻzi ojiz” belgisini tasdiqlash kerak boʻladi.
Kiritilgan maʼlumotlar Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasiga yuboriladi. Maʼlumotlar tasdiqlangan abituriyentlarning imtiyozi inobatga olinadi.
Eslatib oʻtamiz, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni roʻyxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0