Jamiyat

Oʻzbekiston importidagi top-3 davlat maʼlum boʻldi

CC0 / Pixabay / Konteynerы v portu, arxivnoye foto
Konteynerы v portu, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Soʻnggi besh oyda Oʻzbekiston Xitoydan 2,7 mlrd dollar, Rossiyadan 2,3 mlrd dollarlik mahsulot import qilgan.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. 2022 yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston import borasida asosan Xitoy, Rossiya va Qozogʻiston bilan hamkorlik qilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Statqoʻmga koʻra, soʻnggi besh oyda Oʻzbekiston Xitoydan 2,7 mlrd dollar, Rossiyadan 2,3 mlrd dollar va Qozogʻistondan 1,3 mlrd dollarlik mahsulot import qilgan.
Mamlakat Rossiya va Qozogʻistondan koʻproq makaron, Xitoydan esa mobil telefonlar sotib olgan. Parranda goʻshti importida ham Rossiya yetakchi davlatlar safida.
Bundan tashqari Oʻzbekistonning import borasidagi Top-10 hamkorlari orasida Koreya (1,1 mlrd dollar), Turkiya (698,5 mln dollar), Germaniya (465 mln dollar), Turkmaniston (260 mln dollar), Hindiston (249 mln dollar), AQSH (192 mln dollar) va Braziliya (170 mln dollar) ham joy olgan.
Yangiliklar lentasi
0