Jamiyat

Rossiya prezidenti devoni vakillari Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

© Sovet Federatsii RFVstrecha Valentinы Matviyenko s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanziloy Narbayevoy
Vstrecha Valentinы Matviyenko s Predsedatelem Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanziloy Narbayevoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya hukumati Oʻzbekiston bilan taʼlim va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonga Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boʻyicha devoni rahbariyati tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi yelchixonasi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, ishchi tashrif 23-26 iyun kunlari boʻlib oʻtdi. Delegatsiya Oʻzbekiston hukumati vakillari bilan muzokaralar olib bordi va Rossiya universitetlarining bir qator filiallarida boʻldi.
Safar davomida taʼlim va gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ilmiy loyihalarni ishlab chiqishda hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari aniqlandi va Rossiya universitetlari filiallarining hozirgi holati tahlil qilindi.
Oʻzbekistonda Rossiya universitetlarida taʼlim olish yuqori talabga ega.
Rossiya tomoni maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Rossiya universitetlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni 43 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.
Rossiya universitetlarining respublikadagi filiallari soni soʻnggi uch yilda 4tadan 14 tagacha koʻpaydi. Toshkentda Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti vakolatxonasi ham ochildi.
Yangiliklar lentasi
0