Sport

Rossiyadagi xalqaro musobaqada Oʻzbekiston chavandozlari gʻolib boʻldi

© Milliy olimpiya qoʻmitasi Rossiyadagi xalqaro musobaqada oʻzbekistonlik chavandozlar gʻolib boʻldi
Rossiyadagi xalqaro musobaqada oʻzbekistonlik chavandozlar gʻolib boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston terma jamoasiga tegishli tulporlar 125, 145 va 150 smga muvaffaqiyatli sakray oldi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Rossiyada ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqaning eng asosiy yoʻnalishi-150 sm balandlikdagi toʻsiqlardan tashkil topgan Gran-pri dasturida Bekzod Qurbonov gʻolib boʻldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Rossiyada ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha anʼanaviy "Maxima Masters CUP Eurasia" va "Maxima Masters Eurasia Team Competition" musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Turnirda mazkur sport turidagi Yevrosiyo ligasi tarkibiga kirgan 11 jamoa qatnashdi.
Qizgʻin kechgan bellashuvlarning jamoaviy dasturida Oʻzbekiston terma jamoasi mezbonlardan soʻng ikkinchi pogʻonaga koʻtarildi.
Bahslarda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev boshchiligida Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Umid Kamilov, Xurshidbek Alimjonov kabi chavandozlar ishtirok etdi.
125 smni tashkil etgan toʻsiqlardan oʻtish bellashuvida Bahromjon Gaziyev “Lady” tulporida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Balandligi 145 sm boʻlgan bahsda Nurjan Tuyakbayev oltin medal sohibi boʻldi.
Musobaqaning birinchi bosqichi 18-23 aprel kunlari Toshkentda, ikkinchisi bosqichi esa 12-16 may kunlari Bishkekda boʻlib oʻtdi. Kuzda Barselonada musobaqaning final bosqichi oʻtkaziladi. Unda butun dunyodagi eng kuchli 18 jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0