Dunyoda

Texasda yuk avtomobili ichida 46 nafar migrantning jasadi topildi

© Sputnik / Dmitriy Parshin / Fotobankka oʻtishSotrudniki FBR i politsii u zdaniya Kapitoliya v Vashingtone
Sotrudniki FBR i politsii u zdaniya Kapitoliya v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Texas shtatidagi tashlandiq yuk mashinasi ichidan 46 nafar migrantning jasadi topildi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. AQShning Texas shtatida joylashgan San-Antonio shahri chekkasida tashlandiq yuk mashinasi ichidan migrant ekanligi taxmin qilinayotgan kamida 46 kishining jasadi topildi. Bu haqda RIA Novosti maʼlum qildi.
Oʻt oʻchirish boʻlimi vakilining maʼlum qilishicha, 16 kishi, jumladan, toʻrt bola kasalxonaga yetkazilgan. Omon qolganlar issiqlik va uzoq vaqt davomida suvsizlikdan aziyat chekkan.
Shtat gubernatori Greg Ebbott mazkur holatning yuzaga kelishiga mamlakat prezidenti Jo Bayden va uning maʼmuriyati olib borayotgan immigratsiya siyosatini sabab qilib koʻrsatdi.

“Bu oʻlimlar Baydenning vijdoniga bogʻliq. Bu uning oʻlimga olib keladigan ochiq chegara siyosati natijasidir”, deb yozadi Ebbott oʻzining Twitter sahifasida.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp immigratsiya siyosati va chegara nazoratini kuchaytirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Boshqa narsalar qatorida, u Meksika bilan chegarada devor qurish tashabbusi bilan chiqdi. Tramp bu chora noqonuniy immigratsiya va giyohvand moddalar kontrabandasini cheklashga yordam beradi, deb hisoblagan.
Uning oʻrniga kelgan Jo Bayden oʻtgan yilning yanvar oyida inauguratsiyasidan koʻp oʻtmay, mamlakatning immigratsiya qonunlarini yumshatish boʻyicha bir qator farmonlarni imzoladi. Uning davlat rahbari sifatidagi birinchi qadamlaridan biri Tramp tomonidan Meksika bilan chegaradagi vaziyat munosabati bilan joriy etilgan favqulodda holat rejimining bekor qilinishi boʻldi. Ushbu qoida AQSH Kongressining fikrini chetlab oʻtib, devor qurilishini moliyalashtirishga imkon berdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasining Respublikachilar partiyasidan bir qator aʼzolari prezident Jo Baydenning muvaffaqiyanciz migratsiya siyosati tufayli unga impichment eʼlon qilinishini talab qilgan edi. Respublikachilarning fikricha, Bayden “AQSH chegarasidagi operativ nazoratni amalda meksikalik jinoiy kartellarga topshirgan”.
Yangiliklar lentasi
0