Jamiyat

“Tonirovka” narxi tushishi kutilmoqda

Tonirovaniye avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avtomobil oynalarini qoraytirish (tonirovka) narxi keskin pasayishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda transport vositalari oynalarini tonirovka qilish narxi tushishi kutilmoqda, deb yozmoqda mahalliy OAVlar.
Hukumatdagi manbalarning Repost.uz’ga maʼlum qilishicha, hujjat kelishuv bosqichida.
Hujjat loyihasiga koʻra:
- orqa va old oyna tonirovkasi — BHMning 15 baravari miqdorida (4,5 mln soʻm);
- orqa yon oynalar tonirovkasi — BHMning 1 baravari miqdorida (300 ming soʻm).
Hozirda "tonirovka" narxlari quyidagicha:
- toʻliq - 50 BHM (15 mln. soʻm);- orqa yon oynalar - 5 BHM (1,5 mln. soʻm).
Bundan avval Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov kunlar tobora isib borayotgani sabab mashinalar oynasini qoraytirishni bepul qilib qoʻyish taklifi bilan chiqqandi.
Yangiliklar lentasi
0