Toshkentda 500 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaToshkentda 500 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
Toshkentda 500 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshiriladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
Poytaxtda o‘tgan besh oy davomida xizmat ko‘rsatish sohasida 5 ming 500 ta loyiha doirasida 183 mingta ish o‘rni yaratildi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Bu yil poytaxtda qariyb 4 milliard dollar investitsiya hisobiga 500 dan ziyod loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilganidek, bugungi kunga kelib, 4 mlrd dollar investitsiyaning 1 milliard 500 mln dollari o‘zlashtirilgan. 120 mln dollarlik 71 ta loyiha ishga tushirilib, 5 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
Umumiy miqdori 2 milliard 300 million dollarlik yana 450 ta loyiha bo‘yicha ish olib borilmoqda.
“Prezident birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkichlar yetarli emasligini ta’kidlab, kechikayotgan loyihalarning muammosini hal qilish, investitsiyalar jalb etishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, taqdimotda “Yangihayot” industrial texnoparkida olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
Aytilishicha, ushbu texnopark uchun 210 gektar maydon ajratilgan. Bosh reja ishlab chiqilib, bugungi kunda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish boshlangan.
“Hech qaysi davlatda tadbirkorga yengillik yaratmasdan turib, natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu texnopark tadbirkorlar uchun qulay maydon bo‘lishi kerak. Import o‘rnini bosadigan, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlaydigan loyihalarga e’tibor qaratish kerak”, deydi prezident.
Birinchi bosqichda texnoparkning 110 gektar maydoni auksionda sotilgan. Ularda oshxona jihozlari, qandolatchilik va to‘qimachilik mahsulotlari, santexnika tovarlari, polietilen va metall buyumlar ishlab chiqarish loyihalari joylashtirilgan. Umuman, texnoparkda tashkil etiladigan korxonalarda 20 ming ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.
Yangiliklar lentasi
0