Toshkentning ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
Shayxontohur va Olmazor tumanlarining ba’zi joylarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik.Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor tumanlari ba’zi joylarida 28-iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishia, Shayxontohur tumani Beruniy ko‘chasi hududida joylashgan yer osti o‘rta bosimli D-108 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan.

“Shu sababli 2022-yil 28-iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Shayxontohur tumani O‘zbekiston mahallasida, Olmazor tumani Farobiy mavzesida, M. G‘olib ko‘chasidagi iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda,

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0