Rossiya

Ukraina va uning ittifoqchilari Donbassdagi vayronagarchilik uchun toʻlashi kerak - Volodin

© Press-slujba Gosdumы RF / Fotobankka oʻtishPlenarnoye zasedaniye Gosdumы RF
Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Davlat Dumasi raisi Volodin: Ukraina va uning ittifoqchilari Donbassdagi vayronagarchilik va qurbonlar uchun toʻlashi kerak
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Ukraina hukumati va xavfsizlik kuchlari harakatlaridan Donbass respublikalariga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash uchun qoʻshma ishchi guruh tuzishni taklif qildi.
Bu haqda Rossiya parlamenti quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz qoʻshma ishchi guruh tuzib, LXR va DXR hududiga koʻz yoshlari va oʻlim olib kelgan Kiyev rejimi, qurol, oʻq-dori, yollanma askarlarni yetkazib beruvchi NATO davlatlari tomonidan LXRga yetkazilgan zararni hisoblab chiqsak, toʻgʻri boʻlardi”, - dedi u Lugansk Xalq Respublikasi Xalq kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuvda.
Qrimda Kiyev siyosati yetkazgan zararni hisoblab boʻlingan, deb eslatdi Davlat Dumasi rahbari.
“Keling, Kiyev rejimiga, Vashington va Bryusselga taqdim etish uchun bu masalani oʻrganib chiqamiz: vayronagarchiliklar uchun toʻlov toʻlasin va LXR va DXR qurbonlari uchun javob berishsin”, - dedi Volodin.
Yangiliklar lentasi
0