Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Uyasidan chiqqan qizil sugʻurlar fotoqopqonga tushdi

© Sputnik / Mashkov / Fotobankka oʻtishSurok Menzbira
Surok Menzbira - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu jonivorlar Oʻzbekistonning Ugom, Pskom, Chotqol va Hisor togʻ tizmalarida uchraydi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Qishqi uyudan bahorda chiqqan qizil sugʻurlar "Hisor" davlat qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan fotoqopqon kamera obʼyektiga muhrlandi.
Qizil sugʻurlar qoʻriqxonaning Gʻilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv boʻlimlarida uchraydi. Aytilishicha, qoʻriqxona hududida ularning soni taxminan 4320taga yetadi.
Ular shuningdek, Tyan-Shan, Pomir, Hindukush, Kashmir togʻlarining alp ekotizimlarida, Oʻzbekistonning esa ikkita hududida, yaʼni Ugom, Pskom, Chotqol va Hisor togʻ tizmalarida uchraydi.
Qizil sugʻur Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil roʻyxatiga eng kamyob tur sifatiga kiritilgan.
Bu jonivor, odatda, oʻt-oʻlanlar, boshoqli oʻsimliklar, baʼzan chuvalchang, mollyuska va hasharotlar bilan oziqlanadi.
Qishda uyquga kirib, bahorda uyasidan chiqadi. Dengiz sathidan 1600 dan 3500-4000 m gacha balandlikda boʻlgan har xil turdagi relyefli togʻ yonbagʻirlarida hamda toshqoyalarning etaklarida yashaydi.
Qizil sugʻur Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan qatʼiy muhofazaga olingan.
Yangiliklar lentasi
0