Afg‘oniston, iqtisod va migrantlar: Putin va Rahmon nimalar haqida suhbatlashdi

© KremlVladimir Putin va Emomali Rahmon
Vladimir Putin va Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Moskva va Dushanbe munosabatlari juda chuqur, ishonchli, ittifoqchi xarakterga ega, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Rossiya Tojikistonning muhim strategik hamkori va ittifoqchisi bo‘lib, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yuqori rivojlanish dinamikasiga ega. Bu haqda 28-iyun kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokara chog‘ida ta’kidladi.
“Rossiya Tojikistonning muhim strategik hamkori va ittifoqchisi bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yuqori rivojlanish dinamikasiga ega. Rossiya Federatsiyasi bizning yetakchi savdo-iqtisodiy hamkorimiz bo‘lib qolmoqda: joriy yilning besh oyida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 50 foizga o‘sdi. Hududlar o‘rtasidagi hamkorlik faol rivojlanmoqda. Bugungi kunda Rossiyaning 80 dan ortiq mintaqasi Tojikiston bilan biznes va boshqa sohalarda hamkorlik qiladi”, deya ta’kidladi Emomali Rahmon.
Shuningdek, u Tojikistonda ta’lim rus tilida olib boriladigan beshta maktab qurilishi muvaffaqiyatli yakunlanayotganini ham qo‘shimcha qildi.
© KremlVladimir Putin va Emomali Rahmon
Vladimir Putin va Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Vladimir Putin va Emomali Rahmon
“Men siz bilan aloqalarimiz holati va istiqbollarini, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratgan holda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishga tayyorman”, dedi Tojikiston prezidenti.
O‘z navbatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Tojikistonga kelganidan xursandligini, Moskva va Dushanbe munosabatlari juda chuqur, ishonchli, ittifoqchi xarakterga ega ekanini qayd etdi.
“Uchrashuv avvalroq bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo, afsuski, pandemiya o‘ziga xos cheklovlarni keltirib chiqardi. Hozir vaziyat yaxshilanayotganga o‘xshaydi, shuning uchun ham avvalgi uchrashuvlarimizda kelishib olganimizdek, bugun Tojikiston poytaxtida navbatdagi ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazmoqdamiz. Dunyoning ushbu mintaqasidagi ittifoqdoshimizning do‘stona zaminida ekanimdan juda xursandman”, deya ta’kidladi Vladimir Putin.
Shuningdek, Putin Rossiyada ishlayotgan Tojikiston fuqarolari uchun eng qulay rejim joriy qilinganini ham qayd etdi.
“Bilasizmi, biz Rossiyada ishlayotgan Tojikiston fuqarolari uchun eng qulay rejimni joriy qilganmiz va siz hamisha shaxsiy uchrashuvlarimizda shu masalalarni ko‘tarib kelasiz. Bugun aytish mumkinki, bu insonlar mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shmoqda va ana shunday insoniy “ko‘prik”, Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigidir”, deydi Rossiya yetakchisi.
Shuningdek, Vladimir Putin Emomali Rahmonga Rossiya uchun eng katta qiziqish uyg‘otadigan va juda nozik masalalar haqida qisqacha ma’lumot berdi.
“KXShT doirasida ham, ikki tomonlama munosabatlarimiz doirasida ham xavfsizlik masalalari, albatta, bizning e’tiborimiz markazida bo‘lishi kerak va bo‘ladi. Men sizga Rossiya uchun eng katta qiziqish uyg‘otadigan va juda nozik masalalar haqida qisqacha ma’lumot beraman, buni siz yaxshi bilasiz.
O‘z navbatida, qo‘shni davlatda, Afg‘onistonda munosabatlar qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringizni eshitishdan xursand bo‘laman va bu meni qiziqtiradi. Bilasizmi, biz bu mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun hamma narsani qilyapmiz. Biz vaziyatni nazorat qilayotgan siyosiy kuchlar bilan munosabatlarni o‘rnatishga harakat qilmoqdamiz, lekin Afg‘onistonda vakillik qilayotgan barcha etnik guruhlar, avvalroq aytilganidek, mamlakat boshqaruvida to‘liq ishtirok etishi kerakligidan kelib chiqamiz. Shu nuqtayi nazardan biz ishlashda davom etamiz.
Bu mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar bilan aloqalarimiz bor. Yaqinda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Afg‘onistonning vakillik delegatsiyasi bo‘ldi”, dedi Putin.
Ma’lumot uchun, kecha, 28-iyun kuni Rossiya prezidenti so‘nggi uch yil ichida birinchi marta amaliy tashrif bilan Tojikistonga bordi. Dushanbedan so‘ng Vladimir Putin 29-iyun kuni Axshobodga ham tashrif buyurishni rejalashtirgan. U yerda Rossiya prezidenti Kaspiy davlatlari sammitida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0