Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

© AFP 2023 / ADEK BERRYSeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Zilzila Toshkentdan 556 km janubiy-sharqda sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan 09:30 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Surxondaryoning Uzun tumanida ham sezildi.
Zilzila Toshkentdan 556 km janubiy-sharqda sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 36,4 gradus shimoliy kenglik; 70,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,7. Chuqurlik 195 km.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Uzun tumanida 2 ball, 296 km.
Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgan edi. Uning kuchi O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida ham sezilgandi.
Yangiliklar lentasi
0