Jamiyat

Ayrim fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlab berildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPojilaya jenщina na lavochke
Pojilaya jenщina na lavochke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
28 iyun holatiga koʻra 3 722 nafar shaxsga qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshirildi.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan 3722 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlandi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.
Aytilishicha, Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan 3 758 nafar fuqaroga toʻlov qaydnomalari shakillantirildi.
28 iyun holatiga koʻra 3 722 nafar shaxsga toʻlovlar amalga oshirildi.
Vaqtincha uyida yoʻqligi sababli toʻlanmasdan qaytarilgan 36 nafar fuqarolarga qoʻshimcha toʻlov mablagʻlari iyul oyi toʻlovlariga qoʻshib yetkaziladi.
Maʼlumot uchun, qoʻshimcha toʻlov bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari, kiyim-kechak va poyabzallar oʻrniga toʻlab beriladi.
Yangiliklar lentasi
0