Sport

Azizbek Haydarov “Bunyodkor” futbol akademiyasiga direktor boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStadion Bunedkor
Stadion Bunedkor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Azizbek Haydarov oʻzbek professional futbolchisi hisoblanadi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Bugun “Bunyodkor” futbol akademiyasiga Azizbek Haydarov direktor etib tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Azizbek Haydarov 1985 yil 8 iyulda Toshkentda tugʻilgan. U oʻzbek professional futbolchisi. Faoliyati davomida “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi boʻlgan.
2007 yildan beri (2015 yil 31 mart holatiga koʻra) Haydarov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 67 ta oʻyin oʻtkazgan, jumladan, 2010 yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichidagi 6 ta oʻyin.
U 2007 yilda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi sardori boʻlgan. Haydarov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2011 yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichida Quvaytga qarshi oʻyinda gol urgan edi.
Yangiliklar lentasi
0