Farg‘ona viloyatidagi darolarda suv toshqini kuzatilishi mumkin

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishPogoda dojd
Pogoda dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi kerak-O‘zgidromet.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Bugundan 3-iyulgacha Farg‘ona viloyati Shoximardon, Isfayramsoy va So‘x darolarida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Aytilishicha, suv toshqin hodisasiga tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat sabab bo‘ladi.
O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘radi.
Ma’lumot uchun, Farg‘ona vodiysi janubidagi darolar asosan qor va muz suvlaridan to‘yinadi. Anomal issiqning davomli kuzatilishi Oloy tog‘ tizmasidagi barqaror muzliklarni jadal erishiga olib keladi. Bu erish darolarga yaxshigina suv beradi.
Yangiliklar lentasi
0