Turizm

IHT Xivani 2024 yil "Islom dunyosining turizm poytaxti" deb eʼlon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev posetili gorod Xivu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston nomzodi nomzodlikka qoʻyilgan 5 ta davlat shaharlari ichidan tanlab olindi.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor Oʻzbekiston shaharlaridan biri – Xiva 2024 yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya eʼlon qilishga doir qaror qabul qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga 5 davlatdan shaharlar nomzodi qoʻyildi:
Abu-Dabi (BAA);
Shanliurfa (Turkiya);
Laos (Nigeriya);
Dushanbe (Tojikiston);
Xiva (Oʻzbekiston).
“Soʻnggi yilda bu shaharlar orasida nominatsiyada gʻoliblik uchun shiddatli kurash kuzatildi. Shunga qaramay, Oʻzbekistonning bu yoʻnalishda olib borilgan saʼy-harakatlari natijasida Xiva “Islom dunyosining turizm poytaxti” maqomini olishiga doir qarorga kelinishiga erishildi”, deyiladi xabarda.
Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning soʻzlariga koʻra, islom dunyosining turizm poytaxti yili doirasida Xivada IHTga aʼzo 57 davlatning turizm vazirlari va turistik maʼmuriyatlari rahbarlarining yigʻilishi yuqori darajada oʻtkaziladi.
Shu bilan birga, Islom olami va ziyorat turizmi salohiyatini ochib beruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar, fotokoʻrgazmalar va art-ekspozitsiyalar boʻlib oʻtadi.

“2018-yilda prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti bazasida IHT davlatlari olim va tadqiqotchilari ishtirokida taʼlim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi”, deydi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek, Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oshirilgan ishlar, qolaversa, elektr ustunlarning demontaj qilingani, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmaning yaxshilangani, 5 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda butik-otel va hostellar qurilishi faol davom etayotgani alohida qayd etildi. Bundan tashqari, turizm va unga yondosh sohalar tadbirkorlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar yuqori baholandi.
Yangiliklar lentasi
0