Koronavirus haqida yana vahimali xabarlar tarqatish boshlandi - Nurmat Atabekov

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
SSV fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan axborotlarni sog‘lom aql bilan baholashlarini, tekshirib ko‘rishlarini so‘ramoqda.
TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Atabekov ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda koronavirus haqida tarqalayotgan vahimali xabarlarga izoh berdi.
— Bu audioyozuvlarlarni tinglab ko‘rsangiz, ular sizga tanish tuyuladi. Chunki ushbu xabarlar kasallik avj olgan o‘tgan yilgi pandemiya davrida ham o‘rtaga chiqqan edi. Buni ulardagi leksika va umumiy manzaradan ham sezish qiyin emas.
Deylik, bu xabarlardan birida virusning yangi shtammi tarqalib ketgani haqida so‘z boradi.
Holbuki, ayni paytda yurtimizda koronavirusning asosan “omikron” shtammi aniqlanmoqda. Bu bemorlarning 98 foizida kasallik yengil darajada kechapti. Mazkur shtammning yurtimizda tarqala boshlaganiga esa yarim yilga yaqinlashapti, deydi Otabekov.
Asl vaziyatga qaraydigan bo‘lsak, bir kunda mamlakatimizda o‘rtacha 100-120 ta kasallanish qayd etilmoqda. Albatta, 35 million aholi orasida bu — juda kichik ko‘rsatkich.
Shunday bo‘lsa-da, COVID-19 ga chalinmaslikning asosiy va eng samarali yo‘li vaksinatsiya bo‘lib turibdi. 2 yoki 3 bosqichli emlashni qabul qilgan fuqarolar 6 oydan so‘ng buster dozani olishlari, shundan 6 oy o‘tib, yana qayta emlanishlari mumkin.
Yuqoridagi asossiz xabarlarni tarqatayotgan kimsalar aholi orasida xavotir uyg‘otishga harakat qilayotgani ko‘rinib turibdi. Shu bois fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni sog‘lom aql bilan baholashlarini, ularni tarqatayotganda asosliligini tekshirib ko‘rishlarini so‘raymiz.
Yangiliklar lentasi
0