May oyida xorijga chiqib ketgan O‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi

© pexels.com/Vlada KarpovichBilet na samolet
Bilet na samolet  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
May oyida xorijga chiqib ketgan o‘zbekistonliklarning 400 ming nafari qarindoshini yo‘qlash, 55 mingi - sayyohlik va 16 mingi - o‘qish maqsadida deyilgan.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. May oyida 476,3 ming o‘zbekistonlik boshqa mamlakatlarga sayohat qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, 2022-yilning 1-iyun holatiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining 400 ming nafari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida xorijga safar qilgan.
Bundan tashqari, dam olish maqsadida 55,5 ming kishi, o‘qish maqsadida 16,2 ming kishi chetga chiqib ketgan.
Shuningdek, davolanish uchun 3,1 ming kishi O‘zbekistondan ketgan bo‘lsa, xizmat yuzasidan 1,5 ming kishi chiqib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari ikki davlat o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha 20 ta chora-tadbirlar rejasini imzolagan edi.
Hujjat doirasida Rossiya va O‘zbekistonda Turizm yilini o‘tkazish, “Buyuk ipak yo‘li” transchegaraviy sayyohlik yo‘nalishini ishlab chiqish va ishga tushirish, festival, ekstremal, sayyohlik turizmi uchun maxsus turpaketlar yaratish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Rossiya va O‘zbekiston talabalari uchun o‘quv sayohatlarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0