https://sputniknews-uz.com/20220629/msk-referendumga-tayyorgarlikni-boshladi-25750823.html
MSK referendumga tayyorgarlikni boshladi
MSK referendumga tayyorgarlikni boshladi
Prezident saylovida shakllantirilgan okrug va uchastkalar referendumni oʻtkazish jarayonlarida ham ish olib boradi. 29.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-29T16:10+0500
2022-06-29T16:10+0500
2022-06-29T16:10+0500
jamiyat
msk
referendum
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/18/21059807_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f0c3d8016c3834741ea932b1ce9d0d75.jpg
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. MSK boʻlib oʻtishi kutilayotgan referendumga tashkiliy jihatdan puxta tayyorgarlikni boshladi.Komissiya referendum okruglari va uchastkalarini tuzish, komissiyalarning tarkibini shakllantirish va tasdiqlash, ularning faoliyat tartibini belgilovchi nizomlarni tasdiqladi.MSK raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorovning soʻzlariga koʻra, ushbu hujjatlar “Referendum toʻgʻrisidagi” qonunni amalda toʻliq va bir xilda bajarishni taʼminlashga qaratilgan.Aytilishicha 2 ta nizomda okrug va uchastga faoliyatiga taaluqli normalar toʻliq yoritib berilgan.Referendum tayinlash toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilinganidan keyin MSK okrug komissiyasini 10 kundan kechikmay komissiya raisi, uning oʻrinbosari, kotibi va komissiyaning sakkiz — oʻn sakkiz nafar boshqa aʼzolaridan iborat tarkibda tuzadi.Uchastka komissiyasi esa yigirma besh kundan kechikmay besh — oʻn toʻqqiz nafar aʼzodan, shu jumladan komissiya raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.Referendum komissiyasi tarkibida ayol va erkaklarning teng vakilligi taʼminlanadi.Shuningdek, MSK hamkor tashkilotlar bilan birgalikda referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirishga ham kirishdi. Unga koʻra, komissiya aʼzolarini oʻqitish 3 bosqichda olib boriladi.Mazkur ilovaga referendum qonunchiligiga hamda seminar-treniglarga oid tayyorlangan oʻquv-uslubiy materiallar joylashtiriladi.Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari ishtirokidagi uchrashuvda Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha referendum oʻtkazishni taklif qilgandi. Bundan avvalroq esa, referendum toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish kiritildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0a/18/21059807_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_35121f65b5d0e9bae520f6daecd557cb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
msk, referendum
MSK referendumga tayyorgarlikni boshladi
Prezident saylovida shakllantirilgan okrug va uchastkalar referendumni oʻtkazish jarayonlarida ham ish olib boradi.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. MSK boʻlib oʻtishi kutilayotgan referendumga tashkiliy jihatdan puxta tayyorgarlikni boshladi.
Komissiya referendum okruglari va uchastkalarini tuzish, komissiyalarning tarkibini shakllantirish va tasdiqlash, ularning faoliyat tartibini belgilovchi nizomlarni tasdiqladi.
MSK raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorovning soʻzlariga koʻra, ushbu hujjatlar “Referendum toʻgʻrisidagi” qonunni amalda toʻliq va bir xilda bajarishni taʼminlashga
qaratilgan.“Biz qandaydir yangilik ixtiro qilganimiz yoʻq. Referundum komissiyalari tizimi saylov komissiyalari tizimiga oʻxshash shaklda tuziladi. Prezident saylovida shakllantirilgan okrug va uchastkalar referendumni oʻtkazish jarayonlarida ham ish olib boradi.
Aytilishicha 2 ta nizomda okrug va uchastga faoliyatiga taaluqli normalar toʻliq yoritib berilgan.
Referendum tayinlash toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilinganidan keyin MSK okrug komissiyasini 10 kundan kechikmay komissiya raisi, uning oʻrinbosari, kotibi va komissiyaning sakkiz — oʻn sakkiz nafar boshqa aʼzolaridan iborat tarkibda tuzadi.
Uchastka komissiyasi esa yigirma besh kundan kechikmay besh — oʻn toʻqqiz nafar aʼzodan, shu jumladan komissiya raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.
Referendum komissiyasi tarkibida ayol va erkaklarning teng vakilligi taʼminlanadi.
Shuningdek, MSK hamkor tashkilotlar bilan birgalikda referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirishga ham kirishdi. Unga koʻra, komissiya aʼzolarini oʻqitish 3 bosqichda olib boriladi.
“Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolarining nazariy va amaliy bilimlarini doimiy asosda mustahkamlab borish maqsadida “Referendum - 2022” mobil ilovasi yaratiladi”, deydi MSK kotibi Xudoyor Mamatov.
Mazkur ilovaga referendum qonunchiligiga hamda seminar-treniglarga oid tayyorlangan oʻquv-uslubiy materiallar joylashtiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari ishtirokidagi uchrashuvda Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha referendum oʻtkazishni taklif
qilgandi. Bundan avvalroq esa, referendum toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish
kiritildi.