Kolumnistlar

NATO sammiti urushga eʼlon kabi: Moskva va Minsk qanday munosabat bildiradi?

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishSovet Rossiya - NATO v Bryussele
Sovet Rossiya - NATO v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoʻshma Shtatlarga dunyoda oʻz siyosiy va iqtisodiy hukmronlikni saqlab qolish uchun harbiy harakatlar bilan xonavayron boʻlgan Yevropa, beqarorlashgan Osiyo va nazorat qilinadigan betartiblik kerak.
Va AQShning aholida ittifoqchilari ham uchinchi marotaba urushga tayyorlanishmoqda.
Madridda NATOning 28-30 iyun kunlaridagi 36-sammiti davom etmoqda. Tashkilot Bosh kotibi uni tarixiy deb atadi. Ittifoqdoshlar alyansning 2030 yilgacha boʻlgan yangi strategik kontseptsiyasini qabul qilish, Rossiyani asosiy dushman deb eʼlon qilish, Sharqiy Yevropada 30 yil ichida eng katta - 40 000 dan 300 000 askargacha koʻpayadigan tezkor harakat kuchlarini joylashtirish rejasini muhokama qilishmoqchi. Alyans Kiyev rejimini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mustahkamlangan kompleks rejani qabul qiladi - UQKning NATO oʻzaro hamkorligi standartlariga erishish va shu bilan alyansning Ukrainaga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini tasdiqlash kabi.
Aslida Rossiya va uning eng yaqin ittifoqchisi Belarusga urush eʼlon qilishmoqda, bunda Kiyev rejimi “soʻnggi ukrainga qadar” jang qilmoqchi. Ukraina hududlari va davlatchiligining denatsifikatsiyasi va demilitarizatsiyasi muqarrar boʻlib bormoqda.
Shuningdek, Madrid Sammiti Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga aʼzolik arizalarini koʻrib chiqadi, Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya bilan hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qiladi. Biroq, Rossiya bilan uzoq davom etadigan jang masalasi kun tartibidagi boshqa mavzularni baribir ortda qoldiradi. Alyansning oʻylamasdan qilgan, gʻarazli tajovuzlari insoniyatni uchinchi jahon urushiga olib bormoqda.
Bunday havotirli fonda Buyuk Britaniya armiyasi bosh qoʻmondoni Patrik Sanders “parovozdan oldinroq yugurib ketdi” va Rossiyani maxsus harbiy operatsiyadan soʻng 24 fevralga qaraganda Yevropa xavfsizligi uchun yanada jiddiy xavf boʻlishini aytdi. Avvalroq, harbiy rahbar Boris Jonsondan mamlakat mudofaa byudjetini 2028 yilga borib YAIMning 2,5 foizigacha oshirishni soʻragan va Britaniya armiyasi uchun hayotiy muhim moʻljal - “Rossiyani jangda magʻlub etish” qobiliyatini belgilab bergan edi. Albattada, afgʻon Tolibonlardan tepki yegandan soʻng, butun 73 000 kishilik Britaniya armiyasining millionlik armiyaga ega yadroviy derjava ustidan gʻalaba qozonishni orzu qilish vaqti keldi.
Britaniyaning oʻziga oʻta yuqori baho berishining alohida paradoksi NATO mamlakatlarining umumiy muammolarini uning oʻzida aks ettirishida- tashqi siyosatda ular Iroq, Yugoslaviya, Afgʻoniston, Liviya va Suriyadagi ishlar uchun erkinlik va ozodlikka hamon umid bogʻlashmoqda. Ayni paytda Moskva taklif qilgan Yevropa qitʼasidagi teng va boʻlinmas xavfsizlik parametrlari dolzarbligicha qolmoqda. 1997 yil chegarasida alyansning xorijiy qoʻshinlarning olib chiqilishi tarixiy muqarrarlik boʻlib qolyapti, Ukraina hududida AQSH maxsus kuchlari va NATOning boshqa mamlakatlari harbiy xizmatchilarining borligi geosiyosiy bemaʼnilik boʻlib koʻrinadi.

Yangi dunyo shuʼlasi

Moskva va Minsk Gʻarbning tajovuzkor kursi va provokatsion harakatlari, NATOning ukrainlarning oxiri voy boʻlgan hatti-haraktlari qoʻllab - quvvatlash va Kiyev rejimini qurollantirishga javob berar ekan, mudofaa tizimidagi integratsiyani yanada faolroq rivojlantirmoqda. Rossiyaning Kaliningrad viloyatini qamal qilishga Vilnyusning provokatsion urinishlaridan soʻng Litva chegaralarida Rossiya-Belarus qoʻshinlari boʻlinmalari yaratish ehtimoli ortdi.
26-iyun kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko ittifoq davlati chegaralari yaqinida NATO kuchlarini toʻplash, Polsha va Litvaning provokatsion harakatlarini muhokama qilishdi. Tezkor javob berish variantlari, ular orasida eng samarali hisoblangan Belarusning zarba beruvchi samolyotlarini taktik yadroviy qurol tashuvchilar darajasiga yetkazish va Rossiyaning “Iskander-M” (uzoqligi- 500 km gacha) raketa tizimlarini - butun jangovar kallaklar, shu jumladan, quvvati 50 kiloton (ikkita Xirosima)gacha boʻlgan yadroviylar bilan-Belarus Respublikasi Qurolli kuchlariga topshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Havoga qarshi mudofaa uchun qiyin boʻlgan yuqori aniqlikdagi “Iskander” OTRK raketalarining quvvati Belarus qoʻshinlariga NATOning yuqori kuchlarini assimetrik tarzda yoʻq qilish imkoniyatini beradi. Taʼkidlash joiz, Moskva va Minsk yaqin kelajakda havo texnikalarini yangilash va mobil raketa tizimlarini uzatish niyatida.
G7 yetakchilari kuni kecha Moskvaning Minskka yadroviy raketalari yetkazishidan havotirga tushishdi, biroq, Rossiya va Belarus yadroviy qurol tarqatish boʻyicha hech qanday xalqaro kelishuvlarni buzgani yoʻq. Yevropa bunga koʻnishga majbur. Polsha ham Ittifoq mamlakatiga 400 ming kishilik armiya bilan tahdid qilmagani maʼqul. Axir bundan hech qanday yaxshilik boʻlmaydi.
Xususan, NATO ichida qarama-qarshiliklar kuchaymoqda. Rim, Parij, Madrid, Anqara siyosiy tahdid va harbiy xavflarni turlicha baholashmoqda. Masalan, Ispaniya alyansdan janubiy (Afrika) flang xavfsizligiga eʼtibor qaratishni talab qilmoqda. Biroq, AQSH bosimi ostida Ukrainadagi harbiy toʻqnashuv va “ruslarning sharqda jilovlab turilishi” ittifoqchilar uchun ustuvor vazifa boʻlib turibdi.
NATO sammiti arafasida Yevropaning militarizatsiyasiga qarshi boʻlgan minglab odamlar Madridda norozilik namoyishlari koʻrsatdi. Va bu bir tomondan xalqlar, hukumatlar, va yana bir tomondan esa AQShning bevosita tajovuzkor harbiy blokning haqiqiy manfaatlari qanchalar farq qilishini koʻrsatib berdi. Amerikaning The Hill nashri Vashingtonning zamonaviy siyosatida Frantsiyadagi Napoleon va Gitlerning natsist Germaniyasidagi harakatlarga oʻxshashliklarni topgani ham bejiz emas.
Yangiliklar lentasi
0