O‘zAvto avtomobilni jazirama issiqdan himoyalash bo‘yicha tavsiyalar berdi

© SputnikAvtomobilnaya infrastruktura
Avtomobilnaya infrastruktura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Quyosh nurlari ostida bo‘lgan avtomobilda harorat 100 darajagacha ko‘tariladi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi anomal issiqdan avtomobilni ehtiyot qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Aytilishicha, yuqori darajali harorat va quyoshning ultrabinafsha nurlari avtomobilga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
Quyosh nurlari ostida bo‘lgan avtomobilda harorat 100 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Bunda transport oynasining muhrlari, fara va chiroqlarning qopqoqlari, asboblar paneli, ichki qoplamalar, tashqi qoplamaning plastik qismlari qiziydi, xiralashadi, yoriladi va buziladi.
Haddan tashqari qizib ketgan avtomobilga o‘tirishga shoshilmang.
Avtomobilga o‘tirishingiz zahoti uni harakatlantirishga shoshilmang – yaxshisi, oynalarni oching va dvigatelni ishga tushirib, bir necha daqiqa kutib turing. Mazkur qoida, ayniqsa, to‘q rangli avtomobil egalari uchun juda muhimdir.
Fojiali hodisaning oldini olish uchun hech qachon bolalar, qariyalar va hayvonlarni avtomobil salonida, hatto oynalari ochiq bo‘lgan taqdirda ham qarovsiz qoldirmaslik tavsiya etilmoqda.
Soya joy topolmagan haydovchilar uchun maxsus tavsiya.
Hamma ham avtomobilni yopiq avtoturargohlarda yoki soya joyda qoldirish imkoniyatiga ega emas.
Aytilishicha, bunday vaziyatda old oyna uchun quyoshdan himoyalovchi ekran sotib olish kerak. Salonning qizib ketishini oldini olish, uning plastik va rezina elementlarini deformatsiyadan himoyalash uchun iloji boricha oynalarni yopish lozim.
Agar, keltirib o‘tilgan vositalar bo‘lmasa, avtomobilni quyoshga teskari, old va yon oynalariga quyosh nuri tushmaydigan qilib qo‘yish kerak bo‘ladi.
Transport quyosh nurida ko‘p qolib ketishi, haqiqiy rangining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Jaziramada avtomobilga ham suyuqlik kerak.
Bu oyna tozalovchi, moy, freon va boshqa shu kabi suyuqliklarga taalluqli. Yozda dvigatel yuklamasi haddan tashqari ortadi va uni yetarli miqdorda motor moyi bilan ta’minlash nihoyatda muhim. Yozning issiq kunlarida avtomobildan intensiv foydalanish bilan yog‘ni tez-tez almashtirish kerakligini unutmang.
Radiatorga disterlangan suv emas maxsus antifriz quyish,tormoz suyuqligini muntazam ravishda o‘zgartirib turish, shu bilan birga servis kitobidagi tavsiyalarga amal qiling.
Avtomobilni yoqilg‘iga to‘ydirmang.
Haddan tashqari issiqda, yoqilg‘ini bak to‘lguncha to‘ldirmang. Harorat ko‘tarilganda u kengayib, bakdan to‘kilishi mumkin. To‘kilgan yoqilg‘i avtomobil rangiga yoki korpusning korroziyaga qarshi himoya qilish qoplamalariga zarar yetkazishi mumkin.
Qishki shinalarni yozgisiga almashtiring.
Yozgi shinalarning qattiqligining xususiyatlari bor. Chunki issiq havo haroratida rezinalar yumshashi mumkin. Judayam yuqori haroratda asfalt qizib yumshaydi. Yozgi shinalar xavfsiz tormozlash uchun maxsus protektorga ega bo‘lib, yo‘lda suvdan himoya qilish va yoqilg‘ini tejash imkonini beradi.
Jaziramada salonda qoldirilgan eng oddiy buyum ham xavfli hisoblanadi.
Yoz mavsumida avtomobil salonida gazli ichimliklar, tibbiy buyumlar va dori vositalar, shuningdek, quyoshdan himoyalovchi kremlar, ko‘zoynaklar, turli xildagi suyuqliklar hamda balonchiklarni, ayniqsa elektron qurilmalarni saqlamang.
Quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklarni ham unutmang.
Quyosh nuri haydovchini ko‘rish qobiliyatini pasaytirib, bir necha soniyalar ichida yo‘lda noxush hodisani keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, xaydovchilarga quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar tavsiya qilinmoqda. Ular yo‘l-transport hodisasi sodir etilishining oldini oladi.
Yangiliklar lentasi
0