Rossiya

Rossiyaning SWIFT muqobiliga 70ta xorijiy bank qoʻshildi

© Press-slujba Banka Rossii / Fotobankka oʻtishP/k predsedatelya TSB RF E. Nabiullinoy
P/k predsedatelya TSB RF E. Nabiullinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya banki tomonidan ishlab chiqilgan banklararo axborot almashuv tizimi - SPFS (Sistema peredachi finansovыx soobщeniy) deb nomlanadi.
TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. Rossiyaning SWIFT muqobiliga 70ta xorijiy bank qoʻshildi, dedi Rossiya Banki rahbari Elmira Nabiulina.
"Dunyoning 12 mamlakatidan 70ta xorijiy bank Rossiyaning SWIFT muqobiliga qoʻshildi. Ayrim hamkorlar Rossiya tizimiga qoʻshilgani uchun sanktsiyalar ostida qolishdan xavotirda, shu sababli Rossiya MB ularning roʻyxatini eʼlon qilmaydi", - dedi Nabiulina.
SWIFT - AQSH tomonidan nazorat qilinadigan banklararo axborot almashuv tizimi boʻlib, dunyoning aksariyat banklari pul oʻtkazmalar haqidagi maʼlumotlarni ushbu tizim orqali yuboradi.
Rossiya banki tomonidan ishlab chiqilgan banklararo axborot almashuv tizimi - SPFS (Sistema peredachi finansovыx soobщeniy) deb nomlanadi.
Maʼlumot uchun, 14 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Sberbank, Rosselxozbank va Moskva Kredit Banki (MSB) kabi yirik banklarini SWIFT tizimidan uzdi.
Bundan oldin esa VTB, Rossiya va Otkritiye banklari, Novikombank, Promsvyazbank, Sovsombank va VEB.RF SWIFT xalqaro toʻlov tizimidan uzilgan edi.
Kredit tashkilotlarining taʼkidlashicha, tizimdan uzilish ularning ishiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi, chunki ular bunday rivojlanishga oldindan tayyorgarlik koʻrishgan.
Yangiliklar lentasi
0