Jamiyat

SOVID-19ga qarshi yaratilgan preparatga patent berildi

© pexels.com/Polina TankilevitchChelovek, derjaщiy probirki
Chelovek, derjaщiy probirki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Klinik tekshiruvlarda preparatni nojoʻya taʼsirlari kuzatilmagan. 92% bemorlarda yuqori samarali taʼsiri aniqlandi.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda yaratilgan "Antikovir" preparatiga patent berildi. Bu haqda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Ushbu preparat tabiiy va mineral manbalar asosida biotexnologik va kimyoviy sintez usuli bilan koʻp komponentli hisoblanadi.
U Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti farmatsevt va farmakolog olimlari hamkorligida yartilgan.
Aytilishicha, klinik tekshiruvlarda preparatni nojoʻya taʼsirlari kuzatilmagan. 92% bemorlarda yuqori samarali taʼsiri aniqlandi.
“Klinikagacha va klinik tekshiruvlarda preparatni koronavirus infektsiyasini hujayralar ichiga kirishining oldini olish, virusga qarshi samarali taʼsir koʻrsatishi va gumoral immunitetni oshirishi aniqlandi”, deyiladi xabarda.
Preparat komponentlari antikoagulyant, antioksidant, tsitoprotektor va immun tizimini stimullovchi hamda bakteriyalar va viruslarga qarshi faollikni taʼminlaydi.
Maʼlumot uchun, preparatning tovar belgisi Intellektual mulk agentligi tomonidan 2020 yilda roʻyxatga olingan edi. Bu yil esa SSV koronavirus infektsiyasi, postkovid sindromini davolash va profilaktika qilish vositasi sifatida roʻyxatga oldi.
"Antikovir"ga Adliya vazirligi tomonidan patent berildi hamda Ixtirolar reyestrida roʻyxatdan oʻtkazildi.
Yangiliklar lentasi
0