Toshkent kuning ikkinchi yarmida +45 darajagacha isiydi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishJara
Jara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Bugun respublikaning ko‘plab stansiyalarida iyun oyi uchun rekord issiq haroratlar ko‘rsatgichi yangilanishi mumkin.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentda kunning ikkinchi yarmida mermometr ustuni +41-43 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika bo‘yicha harorat foni +40-42 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +43-45 darajagacha bo‘lgan quruq, issiq ob-havo saqlanib turadi.
Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35° bo‘ladi.
O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qilishicha bugun respublikaning ko‘plab stansiyalarida iyun oyi uchun rekord issiq haroratlar ko‘rsatgichi yangilanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0