Dunyoda

Bayden Janubiy Koreya prezidenti oldidan eʼtiborsizlarcha oʻtib ketdi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishSammit G20 v Rime
Sammit G20 v Rime - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
NATO sammitida AQSH prezidenti Jo Bayden u bilan salomlashmoqchi boʻlgan Koreya rahbariga eʼtibor bermadi.
TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Jo Bayden Madriddagi NATO sammitida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolya oldidan eʼtiborsizlarcha oʻtib ketdi. Mazkur kadrlar aks etgan video “Yonhap News TV” tomonidan tarqatildi.
Kadrlarda Janubiy Koreya rahbari Bayden bilan salomlashish uchun u tomonga qadam tashlayotgani aks etgan. Biroq, Amerika prezidenti Yun Sok Yolyaga eʼtibor bermasdan, uning yonidan oʻtib, Bolgariya prezidenti Rumen Radev bilan salomlashgan.
Yun Sok Yolya NATO sammitiga mehmon sifatida tashrif buyurgan. U forum doirasida bir qator dunyo yetakchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Xususan, Janubiy Koreya Prezidenti Avstraliya, Yangi Zelandiya hamda Yaponiya yetakchilari bilan suhbatlashdgan.
Oq uy rahbari ushbu sammitda birinchi marta noqulay vaziyatga tushib qolgani yoʻq. Bir kun oldin u Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan muzokaralar chogʻida notoʻgʻri gapirib, NATOni oʻziga-oʻzi tahdid deb atagan edi. Bundan tashqari, Bayden qirol Filipp VI va qirolicha Letisiya bilan uchrashganda qirollik protokolini buzgan.
Bayden tez-tez noqulay vaziyatga tushib turadi. Masalan, fevral oʻrtasida Afgʻonistonni avval Ukraina, keyin esa Eron bilan adashtirib yuborgan edi. Qolaversa, mamlakat vitse-prezidenti Kamala Harrisni bir necha bor AQSH prezidenti deb atagan.
Yangiliklar lentasi
0