Ertadan Prezident maktablari imtihonlari boshlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentskaya shkola v Tashkente
Prezidentskaya shkola v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna bo‘lish
1 iyuldan Prezident maktablari imtihonlari boshlanadi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Prezident ta’lim muassasalari agentligi xabar berishicha, 1-iyuldan boshlab Prezident maktablariga imtihonlarning birinchi bosqichi boshlanadi.
Test jarayonlari soat 9:00 da boshlanadi. Imtihonlar ikki smenada - 09:00 va 16:00 da bo‘lib o‘tadi.
Imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.
Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olinadi.
Talabgorlar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.
Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0