Dunyoda

Yevropa Ukrainani ochlik yoqasiga olib kelmoqda – Venediktov

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Fotobankka oʻtishCosecha de trigo en Rusia
Cosecha de trigo en Rusia - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Aleksandr Venediktov aytishiga koʻra, Gʻarb birovning hisobidan yashagan va birovning hisobidan rivojlangan.
TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Ukrainadan gʻalla eksport qilayotgan Yevropa davlatlari bu mamlakat xalqini ochlik yoqasiga olib kelib qoʻydi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Aleksandr Venediktov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Gʻarb birovning hisobidan yashadi, birovning hisobidan rivojlandi, birovning hisobidan kurashdi. U bir vaqtning oʻzida boyib ketishga ham muvaffaq boʻldi. Napoleonning soʻzlarini eslang — urush oʻzini oʻzi boqishi kerak. Mana hozir u oʻzini oʻzini tom maʼnoda boqyapti. Yevropaliklar Ukrainadan gʻalla eksport qilmoqda, bu esa Ukraina xalqini tom maʼnoda ochlik yoqasiga olib kelib qoʻymoqda”, deydi Venediktov.
Maʼlumot uchun, BMT ushbu yilda gʻalla taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi tahdidini haqida qayta-qayta ogohlantirgan edi. Gʻarb davlatlari bunda darhol Rossiyani ayblashga shoshilishdi. Goʻyoki Rossiya Ukraina donini jahon bozorlariga yetkazib berishga toʻsqinliq qilayotgan emish. Moskva bunday bayonotlarni qatʼiyan rad etib, Rossiya tomonidan don eksportiga hech qanday toʻsiq yoʻqiligini taʼkidlashdi.
Shu bilan birga, Kiyev tomoni donni eksport qilish uchun koʻplab toʻsiqlarni yaratdilar: Mariupol shahar portida saqlanayotgan katta miqdordagi bugʻdoyni yoqib yubordi, harbiy operatsiya boshlangan vaqtda Ukraina qoʻshinlari Qora dengizni minalashtirishdi, keyinchalik, minalar trosdan uzilib dengizga erkin suzishga chiqib ketdi va hozirgi zamonda Qora dengizdagi har qanday kemaga xavf solmoqda. Ularning kamida iiktasi Turkiya qirgʻoqlari yaqinida topib zararsizlantirilgan edi. Ukraina Odessa portidan xorijiy kemalar chiqishiga toʻsqinlik qilishining yana bir sababi - Kiyev xorijiy kemalar chiqib ketganidan soʻng Rossiya u yerga zarba berishidan qoʻrqadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya Ukrainadan gʻalla eksport qilinishiga toʻsqinlik qilmayapti, agar Kiyev portlarni minalardan tozalasa, donli kemalar muammosiz chiqib ketishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0